Manzilli dasturga ko‘ra, belgilangan yillarda respublika bo‘yicha jami 2 951ta (shundan, 2021 yilda 1 881ta, 2022 yilda 1 070ta) majmua (loyiha)lar qurilishi nazarda tutilgan.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari majmualarida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalari joylashtiriladi.