Mahkama xabariga ko‘ra, tekshiruv davomida ATB “Agrobank” Mirzaobod filiali sobiq boshqaruvchisi va boshqalar soxta hujjatlar asosida bir necha shaxslaring nomiga jami 458,5 mln so‘m kredit mablag‘larini rasmiylashtirib talon-toroj qilganliklari, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi ma'lumotda.











