Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tadbirlar Hazrati Xizr majmuasidan boshlangan va u yerda Erkinjon Turdimov boshchiligida davlat va jamoatchilik vakillari ishtirokida Qur'on tilovat qilingan.

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimligi matbuot xizmati Turdimov 10 yanvar kunidan salomatligini tiklash uchun qisqa muddatli davolanish ta'tiliga chiqqanini ma'lum qilgandi. Kecha esa Erkinjon Turdimov ta'tildan so‘ng, tez fursatda o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishishi ma'lum qilingan edi.












