Qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamli texnologiyalar joriy qilinadi

Strategiyaga ko‘ra, 2030 yilga qadar:

30ta xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta'lim dasturlari tashkil etiladi;

qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari soni 20taga yetkaziladi;  

agrar ta'lim tizimidagi OTMlarni dunyoning nufuzli 1000ta oliy ta'lim muassasalari ro‘yxati (QS reyting tizimi)ga kiritish choralari ko‘riladi.

2020/2021 o‘quv yilidan sohadagi barcha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta'limning kredit-modul tizimi joriy etiladi.

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallari institutga aylantiriladi.