Qayd etilishicha, Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Yunusjon Zohidovich Nasimjonov Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Yunusjon Nasimjonov 1967 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U 2020 yil mart oyida O‘zbekiston prezidenti farmoyishiga asosan Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Yu. Nasimjonov o‘z vaqtida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ham ishlagan.