
Baxtiyor Ahmedov 2014 yilgacha Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani prokurori lavozimida ishlagan, so‘nggi vaqtlarda Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni 2017 yilning iyunidan beri Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ravshan Masharipov Samarqand viloyati prokurori etib tayinlangandi.
25 noyabr kuni esa adliya katta maslahatchisi, Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Shohrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.










