Qayd etilishicha, adliya katta maslahatchisi Shohrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ish boshlagan.

Shohrux Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Sh.Aminov tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining sobiq prokurori Ravshan Masharipov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi