27 oktyabrda imzolangan hukumat qarori bilan 2021 yil 1 martga qadar xorijiy OTMlar bilan transformatsiya qilish uchun 5ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

2021/2022 o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida transformatsiya qilinadigan oliy ta'lim muassasalarida:

  • bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari ularning o‘zlari tomonidan belgilanadi;
  • bakalavriatga kirish imtihonlari mustaqil o‘tkaziladi;
  • ta'lim jarayoniga hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi.