O‘zbekistonda milliy ishchi kuchlarining raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilishicha, bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Unda mehnat unumdorligi va milliy ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha samarali choralar va mexanizmlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2020 yil dekabr, ijro uchun mas'ullar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar.

Avvalroq, shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha yagona axborot tizimi ishlab chiqilishi xabar berilgandi.