«Bir sinf o‘quvchilari orasida 3 nafardan ko‘p kishida koronavirus aniqlansa, bu sinf karantinga yopiladi. Ular uchun darslar an'anaviy shakldan onlayn shaklga o‘tkaziladi.

Maktablardagi epidemiologik holat hududiy sanitariya-epidemilogik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan qat'iy monitoring qilib boriladi», deya Almatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq yangi o‘quv yilini 14 sentabr kunidan boshlash taklif sifatida kiritilgani, bunda darslar gibrid ssenariy (an'anaviy va onlayn ta'lim aralash holda) asosida o‘tkazish kutilayotgani aytilgan edi.