Shu tariqa Shahram G‘iyosov professional boksdagi o‘ninchi jangida 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Shakhram Giyasov improves to 10-0 🇺🇿💯 pic.twitter.com/AQs7CoEAs2
— DAZN USA (@DAZN_USA) August 16, 2020
U so‘nggi marta 2019 yilning avgustida Meksikada ringga ko‘tarilib, kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresni (33-4-2, 21 KO) mag‘lub etgan va WBA International chempionlik kamarini himoya qilgandi.
U navbatdagi jangini meksikalik Fransisko Roxoga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgandi, ammo Roxoda koronavirus aniqlangani sabab, raqib o‘zgargandi.











