Ta'kidlanishicha, so‘nggi kunda Rossiya poytaxtida virusdan 1081 ta yangi kasallanish holati hamda 26 ta o‘lim qayd qilingan.
Shuningdek, shahar FHDYolari tantanali tadbirlarni o‘tkazishni qayta boshlagan. Mart oxiridan Moskvada mehmonlarsiz va fotosuratchilarsiz nikohdan o‘tishgagina ruxsat berilgan.
Rospotrebnadzorning yangi qoidalariga ko‘ra fitnes-markazlariga oldindan yozilgan holda tashrif buyurish mumkin bo‘ladi. Zallarda 1,5 metrlik masofaga rioya qilish uchun maxsus chiziqlar tushirilishi, har bir tashrif buyuruvchiga 4 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hudud to‘g‘ri kelishi lozim qilib belgilangan.
Shuningdek, meriya bolalar bog‘chalariga odatiy ishlash rejimiga qaytishga ruxsat bergan.
Bundan tashqari, bolalar maydonchalari, ko‘chada o‘rnatilgan trenajyorlar ochilgan. 9 iyunda o‘zini yakkalash rejimi bekor qilinganiga qaramay, bu obektlardan foydalanish taqiqlangandi.
Moskva-rekada pandemiya sababli bekor qilingan harakatlanish ham qayta tiklangan.
Shu bilan birga, ko‘ngilochar muassasalar faoliyati va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga taqiq, ijtimoiy masofaga rioya qilish, jamoat joylarida niqob va qo‘lqoplar taqish talablari saqlanib qolgan.












