Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi abituriyentlardan oliy ta'lim muassasalariga hujjatlar davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadigan hududlarni ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, davlat qabul komissiyasining 2020 yil 1-sonli bayoni bilan respublikaning 8ta tumanida Davlat xizmatlari markazlari orqali 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi:
– Mo‘ynoq tumani DXM;
– Konimex tumani DXM;
– Tomdi tumani DXM;
– Uzun tumani DXM;
– Boysun tumani DXM;
– So‘x tumani DXM;
– Farg‘ona tumani DXM;
– Sardoba tumani DXM.
Bundan avvalroq oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tilishi, Davlat xizmatlari markazlari abituriyentlar hujjatlarini qabul qilmasligi ma'lum qilingandi.











