Mahalliy mutaxassislarning fikricha, shunday yo‘l bilan virusning odamlar orasida tarqalishini kamaytirish mumkin.

“Zararlanishni jimgina bartaraf etamiz” kampaniyasi” gaplashish vaqtida ajraladigan zarralar hajmini kamaytirishni maqsad qilgan. Bu zarralar yopiq joylarda virusdan zararlanish omili bo‘lishi mumkin”, deyilgan metro rahbariyatining Twitter’dagi murojaatida.  

Mexiko Shimoliy Amerikaning koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan megapolislaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, Meksikada pandemiya boshidan beri 90 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 9930 nafari vafot etgan. 1 iyundan mamlakatda avval kiritilgan cheklovlar bekor qilindi.