Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi

Antiqa shakldagi do‘l Nuevo-Leon shtatida yog‘gan. Uning donalari koronavirusning tojiga o‘xshash bo‘rtmalarga ega bo‘lgan. 

Jahon meteorologik tashkiloti mutaxassisi Joze Migel Vinas do‘l donalari suratlarini o‘rganib, ularning antiqa shaklga egaligida hech qanday g‘ayritabiiy narsa yo‘qligini aytgan.

“Kuchli dovullar vaqtida turli o‘lchamdagi do‘l donalari bir-biriga urilganda parchalanib, turli antiqa shakllarga, jumladan shunday bo‘rtmalar hosil qilib birlashadi”, deb tushuntirgan ushbu holatni mutaxassis.