Kompaniya qurilishni boshlashga kirishishdan avval tuproqni o‘rganish ishlari boshlandi. Yangi issiqlik elektr stansiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori bo‘ladi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng bo‘ladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali bo‘lgan H/J toifasiga mansub ikkita bug‘-gaz qurilmasi o‘rnatiladi. Yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori bo‘lgan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi.
Yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy investitsiyalar hisobidan to‘liq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi.
Mazkur investitsiya loyihasi muhokamasi energetika vaziri Alisher Sultonovning joriy yilning 7 fevralida Saudiya Arabistoni energetika vaziri o‘rinbosari Abid bin Abdulla as-Sa'dun boshchiligidagi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan edi. Delegatsiya tarkibidan ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan va kompaniyaning boshqa mutasaddi vakillari joy olgan edi.











