«Talab kuchaytiriladi va ko‘proq yoshlar bilan to‘ldiriladi. Yoshlarga ilmiy ish qilish imkoniyatlari kengaytirilib, kerak bo‘lganda xorijda tajriba orttirib kelishi qamrovi oshirib boriladi», – dedi Majidov Xalqaro press-klub sessiyasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, OTMlar professor-o‘qituvchilarini xorijga tajriba oshirish uchun yuborish ko‘rsatkichini o‘n foizga yetkazish maqsad qilingan.

«2019 yilda 2 mingdan ortiq o‘qituvchi (ham «El-yurt umidi» jamg‘armasi, ham grantlar, ham OTMlarning o‘z hamkorlari bilan) xorijda turli shakllarda – yo o‘qigan, yo stajirovka o‘tagan yoki malaka oshirib kelgan.

Bu ko‘rsatkich ko‘payadi. Uch minggacha ko‘paytirish rejamiz bor. Professor-o‘qituvchilarimizning umumiy sonidan 10 foizga yetkazish maqsad qilingan», – dedi vazir.

Ma'lum qilinishicha, 2019 yilda xorijdan 1,5 nafardan ortiq o‘qituvchi O‘zbekiston OTMlariga kelib, turli ma'ruza va master-klasslar tashkil etgan. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 2 mingdan kam bo‘lmasligi kutilyapti.