Qum bo‘roni yong‘inlardan eng ko‘p aziyat chekkan Yangi Janubiy Uels shtatiga yopirildi. Kuchli bo‘ron 100 km/soat tezlik bilan qumni 10 qavatgacha balandlikka ko‘targan. Tabiiy ofat markazida shtatning Broken-Xill, Ningan va Parkes shaharlari qolgan.

Shuningdek, ushbu shtatda va Avstraliya poytaxti joylashgan hudud, jumladan poytaxt Kanberrada kuchli do‘l yog‘gan. 7News nashrining xabar berishicha, golf to‘pchasidek keladigan do‘l avtomobillarga shikast yetkazib, daraxtlar shox-shabbalarini sindirgan.

“Yong‘inlar, rekord darajadagi issiq kun, toshqinlar, qum bo‘roni, do‘l. Bularning barchasi bir oyda. Avstraliyada iqlim apokalipsisi boshlandi. Biz buni me'yoriy holat bo‘lishiga yo‘l qo‘yamizmi?”, deb izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.