Tashkilot hisobotida aytilishicha, butun yer yuzi aholisi olinadigan bo‘lsa, bir foiz eng boy odamlar 6,9 milliard kishinikidan ko‘proq boylikka ega. 

Hisobot mualliflarining qayd etishlaricha, 22 nafar eng badavlat erkakning umumiy boyligi Afrikadagi barcha ayollarning boyligiga teng.

Hujjatda bildirilishicha, dunyodagi milliarderlar soni o‘n yil ichida ikki baravarga ko‘paygan.

BMTning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda sayyoramiz aholisi 7,7 milliard kishini tashkil etadi.