O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, shu tumanda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan D.X. otasiga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, Ellikqal'a tumanida yashagan, 1961 yilda tug‘ilgan R.Q.ni urib yuborgan. 

Natijada, piyoda R.Q. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.

Avtohalokat sababi o‘rganilganda, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi tezlikni oshirishi oqibatida yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolib, urib yuborgan.