Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, avtobus ichida haydovchi bilan birga jami 9 nafar shaxs bo‘lgan. Aynan avtobus bilan to‘qnashgan Nexia rusumli avtomashina salonidagi 4 nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berilishi aytilgan.











