Postda.uz nashri xabari asosida tayyorlangan ushbu maqolaga nisbatan «Intelligent Solution» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan raddiya bildirildi.

Ma'lum qilinishicha, AT «Xalq bank» Yozyovon filiali bo‘lim xodimi vazifasida ishlab kelgan D.U. xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqarolarning plastik kartalaridagi SMS xabar xizmati va «click» to‘lovi hamda pul o‘tkazish xizmatini o‘zining telefon raqamiga yashirin ravishda ulab, turli miqdordagi pullarni xufyona ravishda o‘zlashtirib yuborishida NCI dasturining «Uzcard» moduli ishlatilmagan.

«Chunki, ushbu xizmatni taqdim etuvchi «Intelligent Solution» MChJ va AT «Xalq bank»ning respublika boshqaruvi o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2015 yil 31 dekabrdan bekor qilingan va 2016 yil 1 yanvardan boshlab bu turdagi xizmatlarni ko‘rsatish to‘xtatilgan», deyiladi kompaniyaning tahririyatga yo‘llagan munosabatida.