Qayd etilishicha, 15 dekabrga o‘tar kechasi Yangiobod MFYda yashovchi, uy bekasi, M.X. (ayol) uyida isitish pechiga ko‘mir solib uxlab qolishi oqibatida birga yashagan, 2017 yilda tug‘ilgan qizi, ko‘mir isidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda uch nafar fuqaro is gazidan zaharlangani, bir kishi vafot etgani xabar qilingandi.









