Anjumanda qatnashgan Kun.uz muxbiri muhokama mavzusidan kelib chiqqan holda, joylarda deputatlikka nomzod ko‘rsatishda qaysidir partiyaning amaldagi deputati yoki faolining joriy yilgi saylovlarda boshqa bir partiyadan nomzodi ko‘rsatilishi holati ko‘p uchrayotgani, bu – saylovlarga mahalliy hokimliklarning aralashuvini ko‘rsatmaydimi, mazmunida savol berdi.

«Savolingiz ko‘proq partiyalarga tegishli deb o‘ylayman. Chunki, nomzodlar ular tomonidan ko‘rsatiladi.

Shaxsni partiyaviyligini o‘zgartishi bo‘yicha qonunchilikda taqiq yo‘q. Chunki har bir odamni g‘oyasi, qarashlari o‘zgarishi mumkinligi tabiiy holat. Bugun «adolatchi» ertaga «LiDePchi» bo‘lishi mumkin.

Agar bu holatlar tashqi ta'sir asosida bo‘layotgan bo‘lsa, javobgarlik bor. Bizga shu paytgacha deputatlikka nomzod ko‘rsatishga ijro hokimliklarining aralashuvi bilan bog‘liq 41ta murojaat kelib tushgan. Demak, shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi va bu holat bilan prokratura idoralari shug‘ullanadi.

Biz bunday holatlar bo‘lyapti ham. Bo‘lmayapti ham deyolmaymiz, chunki, qo‘limizda aniq dalil isbotning o‘zi yo‘q», deya Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamovning so‘zlarini keltirmoqda sayt muxbiri.