Travelask`ning yozishicha, loyiha yaratuvchisi o‘z ijod mahsulini «arxitekturadan ko‘ra ko‘proq kelajak topografiyasi» deb nomlayapti. Turar joy majmuasi Xizervikning ishlanmalari uchun xos bo‘lgan zinapoyali profil va ko‘plab maysa, buta va daraxtlarni o‘z ichiga oladi. Inshootlar Suchjou soyi qirg‘og‘ida joylashadi va shaharning 50-mavzesining zamonaviy qismiga aylanadi.

Yuzlab ustunlar ana shu binoni ushlab turadi, binoda maxsus tanlab olingan navlardagi jami 25 mingdan ortiq daraxt ekiladi. Natijada hududi beton va shishadan iborat turar joy 25 million kishi yashaydigan shaharga o‘ziga xos joziba baxsh etadi.