Uning so‘zlariga ko‘ra, Kagosima prfekturasidagi Magesima orolini sotib olish bo‘yicha 29 noyabr kuni kelishuvga erishilgan. 

Orolda AQSh harbiy mashg‘ulotlari uchun obekt qurilishi "yaqin vaqt ichida" boshlanadi, dedi hukumat bosh kotibi.

Hozirda AQSh harbiy-havo kuchlarining mashg‘ulotlari Tokiodan 1,2 ming km uzoqlikda joylashgan Ivodzima orolida o‘tkazilmoqda. Vashington Ivodzima AQShning Ivakuni shahridagi harbiy bazasidan uzoq masofada ekanligi sababli mashg‘ulotlar o‘tadigan joyni o‘zgartirishni talab qilgandi.