Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2019 yil 17 noyabr kuni soat 15:22da, Sergeli tumani, TXAY ko‘chasi Erkin ko‘rigi oldida “Istana” rusumli mikroavtobus yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 15:30da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 15:35da bartaraf etilgan.
Yong‘in avtotransport vositasining elektr simlarida vujudga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlaridan, shuningdek fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘ragan.











