Ma'lumotlarga ko‘ra, Tampli klub egasiga aylangach, darhol 14 nafar yangi o‘yinchi bilan shartnoma tuzgan, o‘zini esa klub murabbiyi deb e'lon qilgan.  

Shuningdek, millioner murabbiy sifatidagi “debyut” o‘yiniga kelgan har bir muxlisni stadionda ichimliklar bilan mehmon qilishga va'da bergan. Biroq “Romford” murabbiyi sifatida Tampliga debyuti omadli kelmagan: klub “Kojyeshol Taun”ga 3:2 hisobida yutqazgan.

Klub avvalgi 11 uchrashuvda bor-yo‘g‘i 5 ball to‘plagan va o‘z divizionida oxirgi o‘rinlardar birini egallmoqda. Millioner rejasida jamoa uchun yangi stadion qurib berish ham bor.