Ferrari Roma Rimda mijozlar uchun tashkillashtirilgan maxsus tadbirda taqdim etilgan. Yangi kupeda futuristik dizayn va yuqori ko‘rsatkichlar uyg‘unlashgan.

Foto: ferrari.com

Mashinaning uzunligi 4656 mm.ni, eni 1974 mm.ni, balandligi 1301 mm.ni, g‘ildiraklar orasidagi oralig‘i 2670 mm.ni tashkil qiladi. Roma 1472 kg og‘irliqda bo‘lib, u Ferrari 250 GT Berlinetta Lusso va 250 GT 2+2 modellaridan ilhomlanib yaratilgan.

Foto: ferrari.com

Superkar 4 yil qatorasiga “Yil dvigateli” deb tan olingan 3,9-litrli V8 motori bilan jihozlangan. U 620 ot kuchini beradi.

Foto: ferrari.com

Dvigatel 8 pog‘onali uzatmalar qutisi DCT bilan birgalikda ishlaydi. Mashina joyidan 100 km/soat tezlikka 3,4 soniyada, 200 km/soat tezlikka esa 9,3 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi 320 km/soatni tashkil qiladi.