Xalqaro Mehnat tashkiloti ilk marotaba «Mehnat sohasining asosiy huquqlari va qonun-qoidalari masalalari bo‘yicha Akademiyasi»ni tashkil etdi. Unda dunyoning turli davlatlari singari O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston delegatsiyasi 30 kishidan iborat bo‘lib, qamrovi va jihatidan ham ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalar vakillari bor edi. Xususan, delegatsiya tarkibida Senat a'zosi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Nogironligi bor shaxslar jamiyati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, OAV vakillari hamda blogerlar bor edi. 

Ta'kidlash o‘rinliki, Akademiya ulkan global anjuman bo‘lib, ishtirokchilar hamkasblari bilan turli shart-sharoitlar hamda shiddatla o‘zgarib borayotgan mehnat dunyosida 4ta asosiy qonun-qoida va huquqlarni amaliyotga joriy qilish masalalarini muhokama qilishdi. Shu bilan birga, insonning asosiy huquqiga nisbatan global ta'sirga oid axborot bilan almashish imkoni taqdim etar ekan, asosiy diqqat-eʼtibor qishloq xo‘jaligi va norasmiy iqtisodiyotda, yetkazib berish zanjiri, mojaro va ziddiyatlar sharoitidagi dolzarb to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. 

Akademiya global o‘quv tadbiri sifatida tashkil etildi. U ishtirokchilarning mehnat sohasidagi asosiy qonun-qoidalar va huquqlarni hurmat qilish, qo‘llab-quvvatlash hamda hayotga tatbiq etish nuqtainazaridan ishlab chiqilgan edi.