Kreml so‘zi eski rus tilida devor ma'nosini bildiradi. U Moskva daryosi sohilida joylashgan. Kreml devorlari Qizil maydon bilan tutash. Bu afsonaviy maydonda Aleksandr bog‘i va mashhur Tsum joylashgan. Aynan mana shu maydon Rossiyaning eng mashhur yeri hisoblanadi va sayyohlar bilan doim gavjum bo‘ladi.


Kremlga Moskvaning to‘rt tomonidan borish juda qulay. Masalan, metro orqali boradiganlar afsonaviy maydonni muammosiz topib olishlari mumkin. Kremlga eng yaqin metro bekati bu «Oxotniy ryad» hisoblanadi. U shundoqqina qizil maydonning oldidan chiqadi. «Arbatskaya» bekatidan chiqsangiz, Arbat ko‘chasi bo‘ylab ozgina piyoda yurib Kremlga chiqishingiz mumkin.


Kreml haqida bejizga ma'lumot bermayapmiz. Kun.uz muxbiri Rossiya poytaxtida bo‘lib mamlakatning eng mashhur maydonini suratga oldi. Quyida «Rossiya yuragi»dan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.
































Muhammadjon G‘aniyev olgan suratlar












