Gazizovning aytishicha, standart yaratilishi halol mahsulotlarning butun sobiq ittifoq hududida kuzatish imkonini beradi.
Gazizovning eslatishicha, 2012 yilda Nur-Sultonda Yevrosiyo standartlash va sertifikatlash markazi “Halol” tashkil etilgan va unga yangi turtki berish vaqti keldi.
Markaz rahbarining ta'kidlashicha, MDH davlatlarida “Halol” mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga katta salohiyat mavjud. Unga oziq-ovqat mahsulotlarining 70-80 foizini import qiluvchi arab davlatlari qiziqish bildirmoqda.
Gazizovning aytishicha, o‘nlab yillar davomida arab davlatlariga parranda go‘shti, qizil go‘sht Braziliya, Indoneziya, Avstraliya tomonidan yetkazib berilgan. “Oxirgi vaqtda xaridorlarda bu mahsulotlar sifatiga e'tirozlar bor. Bundan tashqari, logistika uzoqdir. Bizning ishlab chiqaruvchilar logistikani bir necha barobar qisqartirishi mumkin. Mahsulotlarimiz narx, sifat, logistika bo‘yicha qiziqdir”, deb qo‘shimcha qilgan Gazizov.











