“Sening saxiy xayriyang va va'dang ustidan chiqqaning uchun rahmat. Sen qo‘shgan hissa odamlarga yordam beradi”, deyilgan jamg‘armaning tvitterdagi sahifasida.
7 sentyabrda Pore Abu-Dabida o‘tgan jangda Nurmagomedovga mag‘lub bo‘lgandi. Jangdan keyin ikki yakkakurashchi o‘zaro futbolkalar almashishgan. O‘shanda Nurmagomedov Porega u bergan futbolkani auksionda sotib, tushgan pulni raqibi jamg‘armasiga o‘tkazishini aytgan.











