Nurmagomedovning keyingi ehtimoliy raqibi sifatida amerikalik Toni Fergyuson aytilayotgandi. 

“Fergyuson keyingi raqib bo‘ladi, biroq Toni biror sababga ko‘ra jangni qabul qila olmasa yoki istamasa, unda biz nima qilish haqida o‘ylab ko‘ramiz. Bunday sharoitda Xabib va Konorning revansh jangi katta ma'noga ega bo‘ladi”, deb aytgan Uayt.

30 yoshli rossiyalik jangchi 7 sentyabrda Abu-Dabida amerikalik Dastin Porega qarshi jangda chempionlik unvonini himoyalay oldi.

Nurmagomedov va Makgregor 2018 yil oktyabrda jang qilgan. O‘shanda Xabib raqibini bo‘g‘ish usuli bilan muddatdan oldin mag‘lub etgandi.