Voqea 31 avgustda kechki vaqt rep ijrochilar Marten Lasini va Benyamin Griffi chiqishi vaqtida yuz bergan. Konsertda 18 minggacha kishi bo‘lgan.

Ekranning qulashi oqibatida 28 kishi jabrlangan, ulardan 2 nafari og‘ir jarohatlar olgan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yetkazilganlar. Yana 150 kishiga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan.
 
Momaqaldiroqqa qaramay, musiqachilar chiqishlarini davom ettiraverishgan, biroq ko‘p o‘tmay uni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan. 

Voqea joyi o‘rab olingan. Politsiya voqea sabablarini aniqlashtirmoqda.