Uning so‘zlariga ko‘ra, 17 davlat, jumladan Fransiya, Kuba, Hindiston, Chexiya, Venesuela, Belorussiya, Armaniston, Moldaviya, Serbiya rahbarlari tantanalarda ishtirok etishlarini tasdiqlagan. Ushakovning qayd etishicha, aksariyat MDH davlatlari rahbarlari ham taklifga ijobiy javob berishgan.
AQSh prezidenti Donald Trampga taklifnoma jo‘natilgan, ammo hozircha javob kelmadi, deb qo‘shib qo‘ydi u.
Avgust o‘rtalarida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va KXDR yetakchisi Kim Chen In ham tantanalarga taklif etilgani ma'lum qilingandi.











