O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga zudlikda 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari va 1 ta qutqaruv otryadi yuborilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 23:58da yetib borgan va yong‘in soat 00:06da qurshab olinib, soat 00:49da o‘chirilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida fuqaro Sh.Sh. va T.X. uylarining 60 kv. metr maydondan shifti, tom qismi va uy jihozlari hamda fuqaro I.M. uyining 30 kv. metr maydonda shifti va tom qismi yonib zararlangan.
Yong‘inning taxminiy sababi - fuqaro Sh.Sh.ning uyidagi elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.











