
«24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi hududdagi harbiy qism safdorlari hamda Buxoro viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan to‘rt nafar shaxs Qorako‘l tumani Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan, noyob turlardan hisoblangan jayronlarni ovlayotgan vaqtlarida qo‘lga tushirildi.
Bu qonunbuzarlar uch dona ov quroli va kuchli yoritish asboblaridan foydalangan holda 2 bosh urg‘ochi jayronni ovlashgan. Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasida ko‘rsatilgan talablarini buzgan.

Ushbu huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari borligi sababli to‘plangan hujjatlar amaldagi qonunchilik asosida chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi», deyiladi Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabarida.











