Vazir Nur Otan partiyasining respublika jamoatchilik qabulidagi tadbirdan keyin Lexus LX570 modelidagi avtomobilga o‘tirgan. Avtomobilning old qismida 025 AW 01 davlat raqami o‘rnatilgan.

Biroq jurnalistlar mashinaning orqa qismida boshqa raqam – 046 KZ 01 o‘rnatilganini payqashgan.

Ichki ishlar vazirligida bu bilan bog‘liq suratlarga izoh berilgan. 

“Ichki ishlar vaziri 046 KZ 01 davlat raqamiga ega xizmat mashinasida harakatlanadi. Bu avtomobil 2013 yildan beri hisobda turadi. Unda avvalgi vazir harakatlangan. Boshqa avtomobil yo‘q”, deyilgan vazirlik xabarida.