«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Eronning Persian Football nashri yozmoqda. Manbada aytilishicha, mamlakatning amaldagi chempioni «Persepolis» o‘zbekistonlik hujumchiga qiziqmoqda.
«Persepolis» Igor Sergeyev bilan muzokara boshlagan. May oyida hujumchi Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinda «Persepolis» darvozasiga gol urgandi. Sergeyev O‘zbekistonning barcha yosh toifasidagi jamoalarida o‘ynagan»,- deb yozadi Persian Football nashri.
Eron nashri tehronliklarning argentinalik murabbiyi Gabriel Kalderon eronlik Mehdi Torimini ham olib kelmoqchi ekanini ham ilova qilgan. Argentinalik murabbiy aynan Sergeyev 3+1 ko‘rinishidagi xorijlik futbolchilar limitida osiyolik legioner bo‘lishini istamoqda.











