Nashrning ma'lum qilishicha, ayrim joylarda muzning qalinligi bir metr va undan ortiqroqni tashkil etgan. Mahalliy OAVdagi suratlardan yo‘llarni muz qoplab olganini ko‘rish mumkin. Bir necha binolar vayron bo‘lgan.
Shtat fuqaro mudofaasi va yong‘in xavfsizligi boshqarmasi direktori Xalisko Viktor Ugo Roldanning so‘zlariga ko‘ra, do‘l yog‘ishi oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Diario de Mexico nashrining yozishicha, shaharni muz parchalaridan tozalashda harbiylar, fuqaro mudofaasi va mahalliy hokimiyat xodimlari qatnashmoqda.










