"Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi bosh prokuratura tavsiyanomasi parlamentga jo‘natildi", -dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishida aybdor bo‘lishi mumkin deb hisoblanmoqda.
Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti deputatlari sobiq prezident Almazbek Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum qilish bo‘yicha komissiya tashkil etishgandi.











