Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi V.T. bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, mazkur shaxsga tegishli qo‘l sumkasi ichida umumiy og‘irligi 51,27 gramm «ko‘knori» boshog‘i giyohvandlik vositasi va kiyimi cho‘ntagida 0,51 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.