Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchisi, O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Asror Aliqulov «gazchilar»ni boshqaradigan bo‘ldi.
40 yoshli mutaxassis 1 iyun kuni «Mash'al»ni Liga Kubogidan o‘rin olgan «Andijon»ga qarshi o‘yinda maydonga olib tushadi.
Avvalroq, muborakliklarni 10 yil davomida boshqargan Aleksandr Xomyakov iste'foga chiqqan edi.
«Mash'al» A Pro-Liga 8 turidan so‘ng 15 ochko bilan peshqadamlar safida bormoqda.











