Aviakompaniya xabarida aytilishicha, Guanchjoudan Pekinga uchgan Airbus A380 samolyoti Xitoy poytaxtidagi "Shoudu" aeroportiga qo‘nish chog‘ida do‘l ostida qolgan. Muz bo‘laklari urilishi natijasida samolyot peshoynasi darz ketgan, ammo ekipaj samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndirishga erishgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Samolyotga yetgan boshqa shikastlar haqida xabar qilinmagan.











