Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, afv etilganlardan aksariyati giyohvand moddalar aylanmasi bilan bog‘langan va ulardan hammasi ham darhol ozod etilmaydi. 

Bu amnistiya joriy oydagi ikkinchisi bo‘lib, yana 3-amnistiya e'lon qilinishi kutilmoqda. Uning davomida nomi aytilmagan qurollangan guruh a'zolari va siyosiy ishlar bo‘yicha qamalganlar ozod etiladi. 

17 aprelda mamlakatda 9 ming mahbus afv etilishi e'lon qilingan, biroq ta'kidlanishicha, amalda ulardan faqat 2 nafarigina ozod etilgan.