Samolyot aeroportga qo‘na olgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, u qo‘nishga kirayotganda 2,4 km balandlikda fyuzelyaji pachoqlangan va kichik yoriq olgan.
Kuvayt avialiniyalari tvitterda samolyot do‘lga to‘qnash kelgani va ayni vaqtda ta'mirlanayotganini ma'lum qilgan. Barcha yo‘lovchilar Bayrutdagi mehmonxonaga joylashtirilgan.
Hafta oxirida Liviya, Suriya va Iordaniyani kuchli siklon qamrab olib, o‘z ortidan qor va kuchli yomg‘irlar olib kelgan.











