O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Baland masjid mahallasi Bo‘ston ko‘chasida yashovchi T.M.ning yashash uyida 1 kg. 369 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.M. qo‘lga olindi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.