O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Saxalin viloyatidagi qurilish maydonida vafot etgan ishchi mamlakatimiz fuqarosi emas.

«Mazkur fakt Janubiy-Saxalinsk shahri tergov organlari vakili tomonidan tasdiqlangan hamda OAVlarda tarqalgan rasmiy xabarda texnik xatoga yo‘l qo‘yilgani ma'lum qilingan», - deyiladi xabarda.

Bundan oldin, O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi Chechenistonda qullikdan ozod etilgandi.