"Hindistonning Pokistonga nisbatan yangi tajovuzkorlik harakati taxminan 16 va 20 aprel oralig‘ida bo‘ladi. Qo‘limizdagi ishonchli razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, Hindiston Pokistonga diplomatik bosimni kuchaytirish va Pokistonga qarshi jangovar harakatlarini oqlash maqsadida Pulvam okrugida bo‘lganidek yangi voqeani rejalashtirishi mumkin", - dedi vazir.
Xabar qilinishicha, Pokiston Hindistonning tinchlikni buzishga urinishi haqida BMT Xavfsizlik kengashining barcha doimiy a'zolarini xabardor qilgan.
Avvalroq Kashmir hududida Hindiston va Pokiston harbiylari bir-birlarining pozitsiyalarini o‘qqa tutishgani xabar qilingandi.












